Strabon (Strabon) (mil. av. 64/63 — mil. 23/24) — yunon geografi va tarixchisi. Koʻp sayohatlar (Yunoniston, Kichik Osiyo, Italiya va Misr) qilgan. Antik davr geografik bilimlari yakuni boʻlgan "Geografiya" (mil. av. taxminan 7y., 17 kitobdan iborat) va "Tarixiy xotiralar" degan (bizgacha yetib kelmagan) asarlar muallifi. Asarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa, Kichik Osiyo, Shimoliy va Sharqiy Qora dengiz sohillari haqida geografik maʼlumotlar toʻplangan. Shu bilan birga asarda koʻplab tarixiy, etn. maishiy tafsilotlar keltirilgan, xususan, Qrim yarim orol va Dnepr boʻyiga kelib joylashgan qabilalar, skiflar, roksolanlarning xoʻjaligi va maishiy turmushi haqida, Shimoliy va Sharkay Qora dengiz sohillarida joylashgan antik shaharlarning qurilishi, turmushi, xoʻjaligi, tarixi, Bosfor davlatining tarixi va xoʻjaligi haqida qimmatli maʼlumotlar joylashgan. "Geografiya"da, shuningdek, qad. Oʻrta Osiyo geogr.si, unda yashagan qabilalar (saklar, parfyanlar, baqtriyaliklar, daxlar va boshqalar) va ularning urfodati, tili, Buyuk ipak yuli oʻtgan joylar haqida qimmatli maʼlumotlar ham bor.kkk

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Strabon
Tavalludi mil. avv. 63
Vafoti 23
Yopish




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.