From Wikipedia, the free encyclopedia
Soʻz yasalishi – 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzla > soʻzla, mazali >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili sòz yasalishi. Bu oʻrinda „Soʻz yasalishi“ birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama soʻzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishidagi mahsullilik mahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishining asosiy usullari, vositalari va boshqa shu asosda tilning soʻz yasalishi tizimi tahlil etiladi.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq – Soʻz yasalishi asosi, shunos – soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis – Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim – Soʻz yasalishi asosi, li – soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor. Azim Hojiyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.