From Wikipedia, the free encyclopedia
Soʻz tartibi, gap boʻlaklarining tartibi — gap boʻlaklarining oʻzaro maʼlum grammatik qonunqoidalar asosida, maʼlum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bogʻliq holda joylashuvi. Gap boʻlaklari tartibining oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi bir necha turlari bor. Bulardan eng asosiysi toʻgʻri tartib va teskari tartib oppozitsiyasidir. Toʻgʻri tartib da sintaktik tuzilma qismlari (ran boʻlaklari, qoʻshma gap predikativ qismlari va boshqalar) maʼlum qonunqoidalar asosida odatdagicha joylashadi. Masalan, oʻzbek tilida aniqlovchining aniqlanishdan, eganing kesimdan, toʻldiruvchi yoki holning kesimdan oldin joylashuvi toʻgʻri tartib hisoblanadi: bahavo yerlar, Karim oʻqib boʻldi, kitobni oʻqidi, toʻsatdan kelib qoldi kabi. Teskari tartib da maʼlum uslubiy, semantik maqsad va boshqa sabab bilan sintaktik tuzilmaning (undagi gap boʻlaklarining, qoʻshma ran predikativ qismlarining) toʻgʻri, odatdagi tartibi oʻzgaradi, inversiya yuz beradi. Masalan, u keldi (toʻgʻri tartib) — keldi u (teskari tartib), kecha ketdi (toʻgʻri tartib) — ketdi kecha (teskari tartib) kabi. Toʻgʻri tartib koʻpincha darak gaplarga xos boʻlib, ilmiy, rasmiy uslublar uchun harakterlidir. Teskari tartib esa asosan soʻzlashuv, badiiy va qisman publitsistik uslublarga xos boʻlib, bu holat koʻpincha mazmunni sezilarli oʻzgartirmasada, nutqning taʼsirchanligini, emotsionalligini oshiradi. Lekin baʼzan teskari tartib boʻlaklarning sintaktik vazifasini ham, gapning mazmunini ham oʻzgartirib yuboradi: Quvnoq bolalar kuyladilar — Bolalar quvnoq kuyladilar; charm mahsi (charmdan ishlangan) — maxsi charm (mahsibop). Bunday hollarda Soʻz tartibining erkin vabogʻliq turlari farqlanadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning (quvnoq bolalar) gapdagi oʻrni bogʻliq tartibni koʻrsatadi. Erkin tartibda gap boʻlaklarining oʻrnini oʻzgartirish mumkin. Bunda mazmun va sintaktik holat emas, faqat uslubiy xususiyat oʻzgaradi: Kinoga kecha koʻplashib bordik — Kecha koʻplashib kinoga bordik — Koʻplashib kecha kinoga bordik kabi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.