tuyaqush turi From Wikipedia, the free encyclopedia
Somali tuyaqushi[1] (lotincha: Struthio molybdophanes) — Afrika tuyaqushlari turkumiga mansub yirik uchmaydigan qushlar turi. Mahalliy Somali nomi — gorayo[2]. Sharqiy Afrikada, ya'ni Somalida va Keniyada[3][4]:1285 tarqalgan. Erkak tuyaqushlarning boʻyni va sonlari koʻk-kulrang boʻlib, oddiy tuyaqush kabi bosh tepasida patsiz dogʻi bor[4]:1285. Urgʻochilar afrikalik tuyaqushlarga qaraganda yorqinroq jigarrang patlarga ega[5].
Somali tuyaqushi | |
---|---|
Ayol tuyaqush | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Tuyaqushlilar |
Oila: | Tuyaqushlar |
Urugʻ: | Afrika tuyaqushlari |
Turlari: | Somali tuyaqushi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Struthio molybdophanes Reichenow, 1883 | |
Sinonimlari | |
|
Ular ilgari afrikalik tuyaqushning kichik turi hisoblangan (Struthio camelus). 2014-yilda Mitoxondriyal DNK tahlili natijasida aniqlangan boshqa tuyaqushlardan sezilarli reproduktiv izolyatsiya tufayli Somali tuyaqushini alohida tur sifatida tan olish taklif qilindi[6]. Xalqaro ornitologlar ittifoqi va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi[7][8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.