So‘fiylar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Soʻfiylar – Oltin Oʻrda saltanati tarkibida Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy-moʻgʻul qoʻngʻirot sulolasi[1]. Sulolaning mustaqilligi qisqa muddat davom etgan (taxminan 1361[2]–1388[3]-yillar) boʻlsa-da, uning keyingi aʼzolari 1505-yilda Shayboniylar Xorazmni egallab olgunlaricha temuriylarning hokimlari sifatida vaqti-vaqti bilan Xorazmni boshqarishda davom etganlar. Avval Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalardan farqli oʻlaroq, soʻfiylarga nisbatan hech qachon „Xorazmshoh“ unvonini ishlatilmagan.
So‘fiylar | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
Poytaxti | Urganch | |||
Dini | Islom | |||
- 1359—1361 | Oq So‘fiy | |||
- 1361—1372 | Husayn Soʻfiy | |||
- 1372—1380 | Yusuf Soʻfiy | |||
- 1380—1388 | Sulaymon Soʻfiy | |||
Qoʻngʻirot soʻfiylar sulolasining asoschisi moʻgʻul zodagoni, qoʻngʻirot qabilasi vakili Nagʻday biydir[4]. Sulolaning Borjigin imperator oilasi bilan bir qancha genealogik aloqalari boʻlgan; Nagʻday, imperator Chingizxon Bortening avlodidir yaʼni Borte unga otasi tomonidan bobosi hisoblanib, u esa moʻgʻul malikalarining oʻgʻillaridan boʻlgan [5][lower-alpha 1]. Dastlab Oʻzbekxon qoʻshinining bosh qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan Nagʻday keyinchalik oʻz lavozimidan voz kechib ketgan. Soʻfiylik unvonini olib mintaqadagi birinchi qoʻngʻirot boshligʻi boʻlgach, Xorazmga koʻchib ketadi[7].