From Wikipedia, the free encyclopedia
Skandinaviya togʻlari - Skandinaviya yarim oroldagi togʻlar, asosan, Shvetsiya va Norvegiya hududida. Shim.sharkdan jangarbga 1700 km masofaga choʻzilgan. Eni 600 km gacha. Eng baland joyi 2469 m (Galxyopiggen choʻqqisi). St. tektonik yoriqlar oʻrnida yuzaga kelgan chuqur vodiy va fordlar bilan ajratilgan alohida togʻlik, yassitoglik va tizmalardan iborat. Relyefi qad. muzliklar faoliyati natijasida ancha tekislangan. Hozirgi relyefining shakllanishida suv eroziyasi, nival mintaqada esa qor va muzliklar harakati yetakchi rol oʻynaydi. Skandinaviya togʻlarida Yevropaning materik qismidagi eng yirik muzliklar joylashgan. Toglar kaledon burmalari jinslari va Boltik, qalqonining gʻarbiy qismiga mansub jinslardan tuzilgan. Temir, mis rudalari, titan, pirit konlari bor. Iqlimi sernam dengiz iqdimi. Daryolari qisqa va sersuv. Tektonik harakatlar va muzlik natijasida paydo boʻlgan koʻl koʻp. Togʻ yon bagʻirlari janubida 900–1100 m gacha, shimolida 300–500 m gacha tayga oʻrmonlari bilan qoplangan. Gʻarbiy yon bagʻirlarida namlik kattaligi sababli botqoqlik va torfli yerlar koʻp. Togʻ taygasi mintaqasidan yuqori qismi togʻ tundrasi va oʻtloqlar. Ulardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.