SitsiliyaOʻrta dengizdagi eng yirik orol, Italiya tarkibida. Maydoni 25,4 ming km². Apennin yarimorolidan janubda joylashgan, undan Messina boʻgʻozi bilan ajralgan. Qirgʻoqlari tik, kam parchalangan. Relyefi togʻ va qirlardan iborat. Sitsiliyada Yevropada eng baland harakatdagi Etna vulqoni (3340 m) va bir nechta soʻngan vulqonlar bor. Sharqiy va gʻarbiy sohil qismi akkumulyativ tekislik. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Oltingugurt, neft, gaz va boshqa foydali qazilma konlari topilgan. Iqlimi subtropik, Oʻrta dengizga xos iqlim. Sohilboʻyi tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda 11 — 12°, iyulda 27—28°, togʻlarda 4—8° va 20—24°. Etna choʻqqisida yilning 9 oyi davomida qor saqlanadi. Tekisliklarda yillik yogʻin 400–600 mm, togʻlarda 1200–1400 mm. Tuproqlari togʻ jigarrang va qizil tuproq. Tabiiy oʻsimliklari deyarli qolmagan. Makvis chakalakzorlari va oʻrmonlar uchraydi. Sitsiliya qadimda yunon madaniyati markazlaridan biri edi. Ilk oʻrta asrlarda Sitsiliya vandallar (5-asr), ostgotlar (6-asr), Vizantiya (535-yildan), arablar (9-asr), 11-asrda normannlar qoʻl ostida boʻlgan.

Sitsiliya
Qisqa faktlar Geografiya, Maydoni ...
Sitsiliya (orol)
Geografiya
Maydoni 25 711 km2
Dengiz sathidan balandligi 3340 m.
Eng baland nuqtasi Etna
Ma'muriyat
Davlat Italiya
Mintaqa Italiya
Demografiya
Aholisi 4 983 478
Qo'shimcha ma'lumot
Yopish




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.