From Wikipedia, the free encyclopedia
Sinxrotron yorug'lik manbai - bu elektromagnit nurlanish (EM) manbai, odatda ilmiy va texnik maqsadlar uchun to'plash halqasi tomonidan ishlab chiqariladi . Dastlab sinxrotronlarda kuzatilgan sinxrotron nuri endi to'plash halqalari va boshqa ixtisoslashgan zarracha tezlatgichlari tomonidan ishlab chiqariladi, odatda elektronlarni tezlashtiradi. Yuqori energiyali elektron nurlari hosil bo'lgandan so'ng, u egiluvchan magnitlar va kirish qurilmalari (ondulyatorlar yoki tebranish moslamalari) kabi yordamchi qismlarga yo'naltiriladi. Ular yuqori energiyali elektronlarni fotonlarga aylantirish uchun zarur bo'lgan nurga perpendikulyar bo'lgan kuchli magnit maydonlarni yaratadi.
Sinxrotron yorug'likning asosiy qo'llanilishi sohalari - kondensatsiyalangan moddalar fizikasi, materialshunoslik, biologiya va tibbiyotda. Sinxrotronli yorug'likdan foydalangan holda tajribalarning katta qismi materiya tuzilishini elektron strukturaning subnanometr darajasidan mikrometr va millimetr darajasiga qadar tekshirishni o'z ichiga oladi va bu tibbiyotda tasvirlash uchun muhim. Amaliy sanoat qo'llanilishiga misol qilib, LIGA texnalogiyalari orqali mikro tuzilmalarni ishlab chiqarishdir.
Sinxrotron ma'lum bo'lgan yorug'lik manbalarining eng qimmat turlaridan biridir, ammo bu ba'zi ilovalar uchun uzoq infraqizil to'lqin uzunliklarida keng polosali masalan, uzoq infraqizil yutilish spektrometriyasi nurlanishning deyarli yagona hayotiy yorug'lik manbai hisoblanadi,
Sinxrotron nurlanishining turli manbalarini solishtirishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar bular, “yorug'lilik”, “yorqinlik” va “spektral yorug'lik” deb nomlanadi, oxirgi atama Sinxrotron nomenklaturasi ishchi guruhi tomonidan eng yaxshi tanlov sifatida tavsiya etilgan.[1] Tanlangan nomdan qat'i nazar, bu atama ma'lum bir olti o'lchovli fazadagi fotonlarning umumiy oqimining o'tkazuvchanlik birligi o'lchovidir (BW).[2]
Spektral yorug'lik quyidagicha aniqlanadi:
buyerda nurning soniyadagi fatonlar miqdori, va nur yo'nalishiga perpendikulyar bo'lgan o'qlarda nurning kattaligi uchun o'rtacha kvadrat qiymatlari, va x va y o'qlarida nurning qattiq burchagining o'rtacha kvadrat qiymatlari va tarmoqli kengligi yoki markaziy chastota atrofida nur chastotasining taqsimlanishi. [3] Tarmoqli kengligi uchun odatiy qiymat 0,1% ni tashkil qiladi. [1]
Ayniqsa, sun'iy ravishda ishlab chiqarilganda, sinxrotron nurlanishi o'zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
Ushbu maqola Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti talabasi Muxamedova Risolat tomonidan Wikita'lim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.