Sintetik tillar (yun. synthetikos — qoʻshiluvchi, birikuvchi) — tillarning tipologik sinfi; bunda bir so'z tarkibida bir qancha morfemalar (leksik, soʻz yasovchi va soʻz oʻzgartiruvchi), binobarin, leksik va grammatik maʼnolar birlashadigan, qoʻshiladigan tillar. Ularda sintetizmni — soʻz ichidagi grammatikani ifodalovchi usullarga ichki fleksiya, affiksatsiya, soʻz takrori, soʻz qoʻshish va urguni kiritish mumkin. Mas, oʻzbek tilidagi "ishchilarga" soʻz shakli sintetik holatda boʻlib, unda ham leksik (ish va chi), ham grammatik (lar va ga) maʼnolar ifodalangan. St. sintetizmning boryoʻqligi jihatidan analitik tillarga, ortiqkamligi jihatidan polisintetik tillarta. qarshi qoʻyiladi. Pekin St. bilan analitik tillar orasiga katʼiy chegara quyib boʻlmaydi, chunki St. maʼlum darajada analitik usul vositalaridan, analitik tillar esa sintetik usul vositalaridan foydalanadi. St. flektiv va agglyutinativ tillarnm oʻz ichiga oladi. Qad. yozuvli hindevropa tillaridan sanskrit, qad. yunon, lotin, kad. slavyan tillari, hozirgi rus, litva, nemis tillari sof, namunali St. hisoblanadi; turkiy, moʻgʻul, som, fin-ugor tillari ham koʻplab sintetik shakllarga ega boʻlsada, ularda bir qator analitizm belgilari ham uchraydi.
Isroil Poʻlatov.
Yana qarang
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.