From Wikipedia, the free encyclopedia
Shpinellar (nem.), shpinelidlar — murakkab oksidlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Umumiy formulasi AV204yoki A(A, V)04. Bunda A—M§, 2p, Mp, Gʻe2+, So, N1; VA1, Gʻe3+, Sg, Mp, T14+, U3+. Tarkibidagi kationlarga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi: alyumoshpinellar, ferrishpinellar, xromshpinelidlar, titanoshpinellar va vanadiyshpinellar. Kub singoniyada kristallanadi. Turlicha qizil, yashil, havo rang, qora, rangsiz xillari bor. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5—8, zichligi 3,6—4,1g/sm3. Sh. uchun hosil boʻlish sharoitining yuqori traliligi xos; nurashga chidamli, sochmalarda uchraydi. Magnezialkarbonat jinslarning regional metamorfizmida hosil boʻladi. Koʻpgina Sh. xrom, marganets, temir, titan, ruxning muhim rudasi hisoblanadi. Sh. Ural, Pomir, Baykal orti, AQSH, Italiya, Myanma, Tailand, Afgʻoniston va Shri Lankada mavjud. Shaffof turlaridan qimmatbaho tosh sifatida, sunʼiy shahridan olovbardosh materiallar, sopol, boʻyoq ishlab chiqarishda hamda asbobsozlik va radiotexnikada foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.