![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/53/Ulugshurkul.jpg/640px-Ulugshurkul.jpg&w=640&q=50)
Ulugʻshoʻrkoʻl
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ulugʻshoʻrkoʻl, Ullishoʻrkoʻl, Shoʻrkoʻl – Xorazm viloyati janubidagi koʻl. Xiva shahridan 14 km janubi-sharqda va Chigʻirchi qishlogʻidan 6 km janubda joylashgan. Koʻlning janubiy qismi Turkmaniston hududiga kirib borgan. 86 m balandlikda, havzasi maydoni 14,8 km². Koʻl shimoldan janubga choʻzilgan (uzunligi 16 km). Shimoliy qismida eni 4 km gacha. Ozyorniy kollektor suvlari va shimoliy qismidagi dalalarni yuvishdan oqib keladigan tashlama suvlardan toʻyinadi. Suvi shoʻr. Rekreatsiya ahamiyati bor. Xorazm baliqchilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi.
Qisqa faktlar
Ulugʻshoʻrkoʻl oʻzbekcha: Ulugʻshoʻrkoʻl, turkmancha: Ulyşorköl | |
41°14′43″N 60°30′21″E | |
![]() | |
Ulugʻshoʻrkoʻl koʻlining Oʻzbekiston tomonidagi qismi (shimoliy qirgʻoq). Ufqda Zaunguz Qoraqum qumtepalari koʻrinadi. | |
Mamlakatlar | ![]() ![]() |
Regionlar | Xorazm viloyati Toshoʻgʻuz viloyati |
Tuman | Yangiariq |
Dengiz sathidan balandlik | 86 m yoki taxminan 100 m m |
Yuzasi | 14,8 km² |
Minerallanish turi | shoʻr |
Tushuvchi daryo | Drujba koʻl kollektori |
Oqib chiquvchi daryo | Drujba koʻl kollektori |
Yopish