From Wikipedia, the free encyclopedia
Shirin Mirxonovna Azizova (10-yanvar 1940, Gʻijduvon — 15-iyul 2006-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988).
Shirin Azizova | |
---|---|
Tavalludi |
10-yanvar 1940-yil |
Vafoti |
15-iyul 2006-yil (66 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 1961—2006 |
Turmush oʻrtogʻi | Toʻgʻon Rejametov |
Bolalari |
Zuxriddin Rejametov, Fotima Rejametova |
Shirin Azizova Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetigaoʻqishga kiradi va institutni 1961-yilda tamomlaydi.
1961-1964-yillar Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama teatri sahnasida chiqish qilgan. 1968-yildan Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyatini davom ettiradi. 1987-yilda esa Hamza teatrida ish boshlaydi. Azizova ijodiga lirik, dramatik rollar yaqin boʻlib, obrazlari hayotiyligi, sahna nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Shirin Azizova 1981-yildan beri filmlarda rol oʻynay boshlaydi.
Xolishon, Sora, Maysara („Xolisxon“, „Ishq qurbonlari“, „Maysaraning ishi“), Rohila („Birinchi muhabbat“), Muhabbat („Oʻn sakkiz yoshligim“), Nozi („Bahs“), Oʻzbekoyim („Oʻtgan kunlar“), Tamara („Jar“), qaynona („Chimildiq“) kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
„Tangalik bolalar“ (1990-yil), „Temir erkak“ (1991-yil), „Kelgindi kuyov“ (2005-yil), „Sen meni sevasanmi“ (2006-yil), „Mergan militsiya“, „Qabrdan qaytgan umr“ (2010-yil) kabi filmlarda rollar ijro etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.