From Wikipedia, the free encyclopedia
"Shaxtyor" – Qaragʻandi shahrida joylashgan stadion. Stadion 1958-yilda qurilgan. Dastlabki maydoni 2,6 gektar edi, lekin keyinchalik unga tutash bir nechta binolar qurilgan va yerlar qoʻshilgan. Bugungi kunda shaharning asosiy sport arenasi maydoni 14 gektarga yetgan. Bu yerda aholi nafaqat futbol, balki yengil atletika, boks, pauerlifting, bodibilding, konkida uchish, gorodki, xokkey, stol tennisi, basketbol, voleybol, ogʻir atletika, velosport, turizm, poliatlon, mini-futbol bilan ham shugʻullanadi. Qozogʻiston futbol federatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, „Shaxtyor“ markaziy stadioni respublikadagi eng koʻp muxlislar tashrif buyuradigan sport inshooti hisoblanadi[1][2]. „Shaxtyor“ stadioni 2011-yil 29-oktyabr kuni stadionga 18 900 muxlis tashrif buyurib tomoshabinlar soni boʻyicha rekord oʻrnatgan.
Joyi | Qarag'anda, Qozog'iston |
---|---|
Qachon ochilgan | 1958 |
Qachon taʼmirlangan | 2001, 2006 |
Egasi | Municipality of Karaganda |
Yuzasi |
Grass 104m x 72m |
Hajmi |
|
Maydon egalari | |
|
Birinchi oʻyin 1958-yil 12-avgustda boʻlib oʻtgan. Debyut oʻyinda „Shaxtyor“ jamoasi Xitoyning „Chang-Chun“ jamoasiga qarshi oʻynagan[3][4]. 1960—1970-yillarda „Shaxtyor“ stadionida Polsha, Meksika, Laos, Koreya jamoalari ishtirokida xalqaro oʻyinlar oʻtkazilgan.
2001-yilda „Shaxtyor“ stadionida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari olib borilgan. Shveysariyaning Motomatic AG kompaniyasi tomonidan tabiiy futbol chim oʻrnatilgan, tribunalar tubdan rekonstruksiya qilindi, zamonaviy yugurish yoʻlaklari oʻrnatildi. Tribunalar ostida butun bir shaharcha sport zallari joylashgan.
2000-yillarga kelib, stadion maydoni 14 gektarga koʻpaygan. 2004-yilda zamonaviy koʻp funktsiyali „Jastar“ sport majmuasi foydalanishga topshirilgan. 2006-yil iyuniga qadar „Kazakmys“ xokkey jamoasining bazasi boʻlgan va 2006-yil iyulidan „Shaxtyor“ futbol jamoasining bazasiga aylangan.
2006-yilda „Shaxtyor“ stadioni UEFA litsenziyasini olgan. „Shaxtyor“ stadionida xalqaro va respublika ahamiyatidagi musobaqalar oʻtkaziladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.