From Wikipedia, the free encyclopedia
Sharqiy xitoy dengizi, Dunxay — Tinch okeanidagi yarim yopiq dengiz, gʻarbda Xitoyning sharqiy qirgʻoqlari, janubida Tayvan oroli, sharqda Yaponiyaning Kyusyu va Ryukyu orollari, shimolida Koreya boʻgʻozi orqali Yapon dengizi bilan chegaralangan. Maydoni 836 ming km². Dengizning gʻarbiy qismi materik sayozligida, chuqurligi sharqqa tomon ortib boradi. Eng chuqur joyi 2719 m. Iqlimi mussonli, dovul koʻp boʻladi. Oʻrtacha temperatura fevralda 5° dan (shim.gʻarbda) 15° gacha (jan.sharqda), avgustda 26°. Yillik yogʻin 1100 – 2200 mm (asosan, yozda yogʻadi). Sharqiy qismida doimiy sharqiy oqim — Shimoliy Passat iliq oqimi mavjud. Sh.Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladigan eng yirik daryo — Yanszi dengizga katta miqsorda chuchuk suv keltiradi, shu sababli gʻarbida suvning shoʻrligi sharqiga nisbatan kamroq (5— 10%o dan 30—34,5%o gacha). Suv qalqishi yarim sutkalik (7,5 m gacha). Baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi, tuz olinadi. Yirik portlari: Shanxay, Xanchjou, Ninbo, Szilun, Nagasaki.
Sharqiy Xitoy dengizi | |
---|---|
Joylashuvi | Tinch okeani |
Koordinatalari | 30°N 125°E |
Okean tipi | Okeandagi yarim yopiq dengiz |
Yuzasi | 836000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 114 |
Eng katta chuqurligi | 2719 |
Suv hajmi | 258000 km2 |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.