From Wikipedia, the free encyclopedia
Chalqar tumani — Oqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Chalqar shahri[4].
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Oqtoʻbe viloyati |
Maʼmuriy markazi | Chalqar |
Asos solingan sanasi | 1921-yil |
Akim | Danagʻulov Yerboʻl Jetkergenovich |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2013) | 45,513[1] |
Zichligi | 0,7 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 62,200 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71335[2] |
Pochta indeksi | 031200-031216[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Rasmiy sayti | http://shalkar.aktobe.gov.kz/ |
Xaritada | |
47°49′40″N 59°36′58″E |
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.
66-temir yoʻl razyezdi, 67-temir yoʻl razyezdi, Begumbet, Birshoʻgʻir, Boyqadam, Boʻzoʻy, Esetota, Kengdola, Koʻpmoʻla, Munke Biy, Olabosh, Olaqoʻzi, Oqqaytim, Qo'tirtosh, Qonbaxtli, Qorabuloq, Qorashoʻqot, Qoratol, Qoratoʻgʻoy, Qoviljir, Qoʻpasoʻr, Qoʻpatoy, Qo‘rg‘onjar, Quyonquloq, Saridulak, Shilikti, Shoʻqisuv, Toldiqum, Toshbuloq, Tumolikoʻl, Ushquroy.
Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.