Sergey Bodrov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sergey Sergeyevich Bodrov (1971-yil 27-dekabr, Moskva, RSFSR, SSSR — 2002-yil-20-sentabr, Karmadon darasi, Shimoliy Osetiya, Rossiya), kichik Sergey Bodrov nomi bilan ham tanilgan, — sovet va rus kino aktyori, kinorejissor, ssenarist va teleboshlovchi, sanʼat fanlari nomzodi; Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati (1997).
kichik-Sergey Bodrov | |
---|---|
Tavalludi |
Sergey Sergeyevich Bodrov 27-dekabr 1971 |
Vafoti |
20-sentyabr 2002 Karmadon darasi, Shimoliy Osetiya, Rossiya |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | kinorejissor, ssenarist, teleboshlovchi, aktyor |
Faoliyat yillari | 1986-2002 |
Otasi | Sergei Bodrov |
„ Kavkazskiy plennik“ (1996), „Brat“ (1997), „Stringer“ (1998), „Vostok-Zapad“ (1999), „Brat 2“ (2000) va „Medvejiy potseluy“ (2002) filmlarida bosh rollarni ijro etgan. „Marafon-15“, „Vzglyad“ telekoʻrsatuvlari va „Posledniy geroy“ loyihasining birinchi mavsumi boshlovchisi; „Syostri“ (2001) va „Svyaznoy“ (tugallanmagan, 2002) filmlarining rejissori va ssenariy muallifi; „Morfiy“ filmining ssenariy muallifi (2008-yilda chiqgan).
2002-yil 20-sentyabrdan beri Bodrov Shimoliy Osetiyaning Karmadon darasida Kolka muzligiga safar paytida suratga olish guruhi bilan birga rasman bedarak yoʻqolgan hisoblanadi, u yerda „Svyaznoy“ filmi suratga olinayotgan edi. Umumiy hisobda, muzlik 120 dan ortiq odam va ikkita lagerni oʻz ostida yashiringan.