Planetar tumanliklar - markazida yuqori temperaturali yulduz joylashgan, undan maʼlum masofada radikal kengayuvchi, gazsimon qobigʻi bor obʼyektlar. Koʻrinishlari diskka ega boʻlgan gigant sayyoralarni eslatishi sababli Planetar tumanliklar deyiladi. Planetar tumanliklar galaktika-mizdagina emas, balki qoʻshni galak-tikalarda ham yaxshi kuzatiladi. Planetar tumanliklarning gazsimon qobiklari massasi taxminan 0,1 Quyosh massasiga teng boʻlib, ular fazoga 20–40 km/sek tezlik bilan kengayib boradi. Planetar tumanliklar umri 20 ming yilga yaqin, bu davrdan soʻng qobiq kuzatuvchiga koʻrinmay fazoga tarqab ketadi. Qari Planetar tumanliklar spektri oq mitti yulduzlar spektriga oʻxshaydi. Markaziy yulduzning temperaturasi 50—100 ming gradus atrofida. Planetar tumanliklar nurlanishida ultrabinafsha nurlar sezilarli darajada mavjudligi bilan ajralib turadi. Galaktikamizda 1500 ga yaqin Planetar tumanliklar kuzatiladi. Planetar tumanliklar Galaktikamiz ekvatori va yadrosiga nisbatan konsentratsiyaga ega.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.