SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qisqartma | SSSR MIQ |
---|---|
Maqomi | tugatilgan |
Ishga tushgan sanasi | 1922-yil |
Tugatilgan | 1938-yil |
Tugatilish sababi | 1936-yilgi SSSR konstitutsiyasi |
Til(lar)i | ruscha |
SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi (yoki SSSR Markaziy ijroiya komiteti; ruscha: Центральный исполнительный комитет СССР; qisqartmasi: SSSR MIQ, SSSR MIK; ruscha: ЦИК СССР) — Butunittifoq Sovetlar syezdlari tomonidan 1922–1938-yillarda tuzilgan SSSR oliy davlat hokimiyati organi.
SSSR MIQ sessiyalar oraligʻida SSSRning oliy boshqaruv organi hisoblangan Prezidiumni va ittifoqdosh respublikalar soniga koʻra MIQ hamraislarini tayinlagan. SSSR MIQning navbatdagi sessiyalari yiliga uch marta, navbatdan tashqarilari esa ittifoqdosh respublikalardan birining Markaziy ijroiya qoʻmitasi yoki Xalq deputatlari soveti talabiga asosan SSSR MIQ Prezidiumi qarori bilan chaqirilgan. 1922-yildan to 1937-yilgacha 8 marta Sovetlar syezdi va 24 marta MIQ sessiyalari boʻlib oʻtgan. Ular 1 kundan 12 kungacha davom etgan. SSSR MIQning sessiyalari asosan Moskvada oʻtkazilgan, faqat 1 ta sessiya Leningradda va yana 1 ta sessiya Tiflisda boʻlib oʻtgan[1].
SSSR MIQni SSSR Xalq komissarlari soveti va SSSR Oliy sudi tuzgan. SSSR MIQ Butunittifoq Sovetlar syezdida hisobot bergan.
SSSRning 1936-yilgi konstitutsiyasiga muvofiq Butunittifoq sovetlar syezdi va markaziy ijroiya qoʻmita oʻrniga mamlakatning oliy boshqaruv organi sifatida SSSR Oliy Soveti ish boshladi (1938-yildan).