Ruandadagi genotsid
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ruandadagi 1994-yilgi qirgʻin (kinya. ) — Ruanda aholisining etnik jihatdan koʻpchiligini tashkil etuvchi xutu qabilasi tomonidan ushbu mamlakat aholisining kamchiligini tashkil etuvchi tutsi qabilasining ommaviy tarzda qirgʻin (genotsid) qilinishi. Mazkur irqiy mojaroning asosiy aybdori Ruandada 1993-yilning oxirlarida hokimiyat tepasiga kelgan muvaqqat hukumat hisoblanadi. Ushbu qonli voqealar insoniyat tarixidagi eng dahshatli qirgʻinlardan biri boʻlib, qotilliklar tezligi ikkinchi jahon urushidagi nemis lagerlaridagi qirgʻindan besh barobar koʻpdir. Qonli voqealar uch oy davom etgan. Maʼlumotlarga koʻra 1 milliondan ortiq kishi qurbon boʻlgan.