From Wikipedia, the free encyclopedia
Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879.4.12, Olmaota — 1954.6.10, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), Peterburg universitetini tugatgan (1906). Varshava universiteti professor (1911 — 15), RostovDon universiteti professor (1915—18), 1918-yildan umrining oxirigacha Urta Osiyo universitetida professor.
Romanovskiy Toshkent matematika maktabi asoschisi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikata katta hissa qoʻshgan. Markov zanjirlarini chuqur oʻrganib, umumlashtirgan, bu sohada matritsalar usullarini yaratgan; markaziy limit teoremani koʻp oʻlchovli holga oʻtkazgan. Matematik statistika sohasida R. bosh toʻplam empirik harakteristikalari taqsimot funksiyalariga doir ishlari bilan mashqur. R. oʻz ishlarida statistik nazorat, statistika usullarini xalq xoʻjaligida qoʻllashga alohida eʼtibor bergan. Oʻzbekistonda oliy matematika taʼlimini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutini tashkil etishda (1943) R.ning xizmatlari katta. T. A. Sarimsoqov. S. H. Sirojiddinov va boshqa uning shogirdlari.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutiga uning nomi berilgan (1954).[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.