René Frédéric Thom (talaffuzi: Rene Frederik Tom) (2-sentyabr 1923-yil — 25-oktyabr 2002-yil) — fransiyalik matematik. Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1976).

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
René Thom
Thumb
Tavalludi 2-sentyabr 1923-yil
Montbéliard, Fransiya
Vafoti 25-oktyabr 2002-yil(2002-10-25)
(79 yoshda)
Bures-sur-Yvette, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Strasbourg universiteti
Joseph Fourier universiteti
Ilmiy tadqiqot oliy instituti,
Taʼlimi
Akademik rahbarlari Henri Cartan
Mashhur shogirdlari Daniel Bennequin
Bernard Morin
David Trotman
Mashhur ishlari Dold–Thom teoremasi
Pontryagin-Thom konstruksiyasi
Thom–Porteous formulasi
Mukofotlari Fields medali (1958)
Yopish

Thom Ecole oliy maktabini (École Normale Supérieure) tamomlagan. Henri Cartanning shogirdi boʻlgan. Strasbourg va Grenoble universitetlarida dars bergan. 1964-yildan Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan[1].

Thomning asosiy asarlari algebraik va differensial topologiya sohasidadir. Thom oʻz dissertatsiyasidayoq keyinchalik kobordizmlar teoriyasi asosiga aylangan gʻoyalarni taklif qilgan. Thom kobordizmlar teoriyasi uchun 1958-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.

Thom, shuningdek, xususiyatlar nazariyasini oʻrgangan, ushbu sohaning eng taniqli boʻlimini — ommabop kitoblar orqali koʻpchilikka yaxshi maʼlum boʻlgan katastrofalar teoriyasini oʻrtaga tashlagan. Thom ushbu teoriyasini tilshunoslikdan tortib gullar shaklini tushuntirishgacha boʻlgan sohalarga tatbiq qilishga harakat qilgan[2][3][4][5][6].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.