Rekviyem (lot. reguiem – orom, tinchlik) – marxumlar xotirasiga bagʻishlangan messa turi, diniy musiqa janri, lotin matnlariga aytiladigan vokal yoki vokal cholgʻu turkumi. Tantanavor messadan baʼzi („Gloria“, „Credo“) qismlarining oʻrniga boshqa („Reguiem aeternam“ – „Abadiy orom“, „Dies irae“ – „Qiyomat“ kabi) qismlarning kiritilishi bilan farqlanadi. Qaygʻuli, motamsaro xarakterga ega. Dastlab bir ovozli grigorian xorali kuylariga asoslangan. 15-asrdan koʻp ovozli xor polifonik asari (G. Dyufai, Y. Okegem, O. Lasso, J. Palestrina), 17-asrdan xor, yakkaxon xonandalar va orkestr uchun gomofoniya uslubidagi yirik asar sifatida rivoj topdi. V. A. Motsart, G. Berlioz, J. Verdi, I. Brams R.lar mazkur janrining eng mashhur namunalaridir. 20-asr kompozitorlari (I. Stravinskiy, A. Shnitke va boshqalar) diniy (lotin) matnlari qatori zamonaviy shoirlar sheʼrlaridan ham foydalanishgan (Mas, B. Brittenning „Harbiy rekviyem“i). Oʻzbekistonda R. janriga M. Burhonov („Abadiy xotira“, 1996), F. Yanovyanovskiy („Rekviyem“, 1997)lar murojaat qilishgan[1].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.