Turkiya prezidenti (2014-yildan beri) From Wikipedia, the free encyclopedia
Rajab Tayyib Erdoʻgʻon (turkcha: Recep Tayyip Erdoğan; [ˈrɛdʒɛp ˈtɑːjip ˈɛrdɔːɑn] (26-fevral, 1954) Turkiya Prezidenti (2014-yildan), Turkiya Bosh vaziri (2003-2014-yil va 2018-yildan), Adolat va Taraqqiyot Partiyasi rahbari (2003-2014-yil va 2017-yildan), Istanbul meri (1999-2003-yil)[1].
Rajab Tayyib Erdoʻgʻon | |
---|---|
12-Turkiya Prezidenti | |
Mansab davri 2014-yil 28-avgust | |
Bosh vazir |
Ahmad Dovudoʻgʻli, Binali Yildirim |
Oʻtmishdoshi | Abdullah Gül |
36-Turkiya Bosh vaziri | |
Mansab davri 2003-yil 14-mart – 2014-yil 28-avgustgacha | |
Oʻtmishdoshi | Abdullah Gül |
Vorisi | Ahmad Dovudoʻgʻli |
Istanbul shahri hokimi | |
Mansab davri 1994-yil 27-mart – 1998-yil 6-noyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Nuritdin Sozen |
Vorisi | Ali Mufit Gurtuna |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-fevral 1954-yil Istanbul, Turkiya |
Bolalari |
oʻgʻli:Ahmet Burak Erdoğan, Bilal Erdoğan qizi: Esra Erdoğan, Sumayya Erdogʻan |
Onasi | Tenzile Erdoʻgʻon |
Otasi | Ahmat Erdoʻgʻon |
Kasbi | siyosatchi |
Imzosi |
Suriya va Turkiya oʻrtasida oʻn minglab halok boʻlgan zilzila yuz berdi, muxolifat prezidentni son-sanoqsiz oʻlimda ayblamoqda[2].
Rajab Tayyib Erdoʻgʻon 1954-yil 26-fevralda musulmon oilasida tugʻilgan[3]. Erdoʻgʻonning oilasi asli Gruziyaning Adjariya viloyatidan kelib chiqqan[4]. Erdoʻgʻon 2003-yilda asli gruzin ekanligini xabar qilingan boʻlsa-da[5][6], keyinchalik u buni rad etadi. Uning ota-onasi Ahmat Erdoʻgʻon (1905-1988) va Tenzile Erdoʻgʻon (qizlik ismi Mutlu; 1924-2011) boʻlishgan[7].
Erdoʻgʻon Istanbuldagi maktabda taʼlim olgan boʻlsa, yozgi taʼtilni asosan oilasi kelib chiqqan Rizening Güneysu shahrida oʻtkazardi. U butun umri davomida tez-tez bu uyiga qaytib turgan, keyinchalik 2015-yilda bu qishloq yaqinidagi togʻ choʻqqisida masjid qurdiradi[8]. Erdoʻgʻon 13 yoshga toʻlganda uning oilasi Istanbulga qaytib kelgan[9].
Erdoʻgʻonning otasi uning oʻsmirlik chogʻida har hafta uchun 2,5 lira, yaʼni bir dollardan kam pul berib borgan. Bu pullar bilan Erdoğan otkritkalarni sotib olgan hamda koʻchada aylanib qayta sotgan. Koʻpincha tirbandlikda qolgan haydovchilarga shisha idishda suv sotish bilan ham shugʻullangan. Erdoʻgʻon, shuningdek, koʻchada kulchalar sotuvchisi boʻlib ham ishlagan[10].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.