From Wikipedia, the free encyclopedia
Radiouzatkich — radiochastotalar diapazonidagi elektr tebranishlarni antenna orqali elektromagnit toʻlqinlar tarzida uzatuvchi qurilma (qurilmalar majmui); asosiy elementlari: yuqori chastotali elektr tebranishlar generatori, uzatilayotgan xabarlarga muvofiq ularning parametrlarini boshqaradigan (modulyasiyalaydigan) modulyatordan iborat.
radiouzatkich axborotlarni radiotoʻlqinlar yordamida uzatish tizimlari va qurilmalarining muhim qismi. radiouzatkich ish toʻlqini diapazoniga, antennaga berilayotgan tebranish quvvatiga, ish turiga (telegraf, telefon va boshqalar), modulyasiyalash usuliga (amplitudali, chastotali, fazali va boshqalar), generatsiyalovchi elektron asboblari xiliga (lampali, tranzistorli, magnetronli, klistronli va boshqalar), vazifasiga (aloqa, eshittirish, lokatsion, televizion va boshqalar), oʻrnatilishiga (statsionar, koʻchma) qarab xillarga boʻlinadi.
radiouzatkich oʻzgarmas tok (kam hollarda oʻzgaruvchan tok) energiyasini radiochastota tebranishlari energiyasiga aylantirib beruvchi generator, modulyator va elektr manbaidan iborat. Dastlabki radiouzatkichlardan birini rus ixtirochisi A. S. Popov 1895-yil ixtiro qilgan. Radioaloqa, televideniye, radioeshittirish, radiolokatsiya, radionavigatsiya va texnikaning boshqa sohalarida, ilmiy eksperimentlarda qoʻllanadi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.