From Wikipedia, the free encyclopedia
Qumli tuproqlar - tuproq turi; mexanik tarkibida 0,05—1,0 mm li qum zarrachalari koʻp (90—100%), 0,01 mm dan kichik zarrachalar miqdori 10% ga yaqin, 0,001 mm dan kichik mayda zarrachalar 2—4%dan oshmaydi. Qumli tuproqlar yuza qismida yupqa, yumshoq (havol) qumli quruq qavat boʻlib, chuqurlashgan sari efemer oʻtlar ildizi aralashib ketgan oʻtkinchi gorizont yotadi. Qumli tuproqlar choʻl mintaqasida shu zonaning asosan taqirlar, taqirli tuproqlar va oʻtloqi tuproqlari bilan bir kompleksda hamda qad. daryo, soylarning quruq deltalari va boshqalarda tarqalgan. Qumli tuproqlar, odatda, qatlamining yupqaligi, organik modda (chirindi) miqdorining kamligi (eng yuqori qavatda ham 0,5% dan oshmay-di), suv sigʻimining pastligi va boshqa oʻsimlik oʻsishi uchun noqulay xossalari bilan ajralib turadi; bunday tuproqlar shamol eroziyasi (deflyatsiya) ga juda moyil. Qumli tuproqlardan sugʻorma dehqonchilikda juda kam foydalaniladi. Markaziy Fargʻona, Quyi Amudaryo va boshqa rayonlardagi choʻl Qumli tuproqlarining kichikkichik massivlari oʻtlar ekish va boshqa usullar yordamida oʻzlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.