Qoʻngʻirbosh

From Wikipedia, the free encyclopedia

Qoʻngʻirbosh - boshoqdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; yem-xashak ekini. Asosan, sovuq va oʻrtacha iqlimli mintaqalarda 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda piyozli qoʻngʻirbosh, biryillik qoʻngʻirbosh, oʻzgacha qoʻngʻirbosh, qisqa tilchali qoʻngʻirbosh oʻrmon qoʻngʻirboshi, oddiy qoʻngʻirbosh, maysazor qoʻngʻirboshi, ingichkabarg qoʻngʻirbosh kabi turlari koʻp tarqalgan. Koʻp yillik maysazor qoʻngʻirboshi muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Boʻyi 10—30 sm, roʻvagi 30 sm gacha, yoyiq. Boshoqchalari 3,5–6 mm, gullari 2—5 ta. May—avgustda gullab urugʻlaydi. 100 kg koʻk massasida (boshoqlanish davrida) 24—25 ozuqa birligi va 3,5 kg hazm boʻladigan protein bor. Choʻl, adir va togʻ zonalarida, ariq va daryo boʻylarida, daraxtzor va butazorlarda, oʻtloqlarda oʻsadi. Ekma madaniy yaylovlar va gazonlar barpo etishda foydalaniladi. Chorva mollari xush koʻrib yeydi.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.