Qorasuv (Oʻsh viloyati)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qorasuv — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi shahar (1960-yildan). Oʻsh-Qorasuv vohasida, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Aholisi 17,9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Andijon — Jalolobod temir yoʻl liniyasida. Q.dan Oʻshga temir yoʻl shoxobchasi oʻtgan (22 km). Paxta tozalash, moy ekstraksiya, avtomobil taʼmirlash zavodlari, avtokorxona, un mahsulotlari kti bor. Avtovokzal, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi.
Qorasuv | |
---|---|
shahar | |
40°42′0″N 72°53′0″E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Oʻsh |
Tuman | Qorasuv |
Hukumat | |
• Hokim | Ahmadjon Rahimov |
Qachondan beri shahar | 1960 |
Maydon | 387 km2 (149 kv mi) |
Markazi balandligi | 780 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz, rus |
Aholisi (2009) |
20 900 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, qirgʻizlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | 3232 |
Avtomobil kodi | O, Z |
Qorasuv — (qirgʻizcha: Кара-Суу) - Qirgʻizistondagi shahar, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumanining maʼmuriy markazi. 1960-yili shahar maqomi berilgan aholisi soni 21 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 38,7 km². Viloyat markazi sanalmish Oʻsh shahridan 24 km uzoqlikda va mamlakat poytaxti Bishkekdan 650 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda 10 maktab, 1 gimnaziya, 1 musiqa maktabi va 3 bolalar bogʻchasi 6 bozor bor. Shuningdek Qorasuvning oʻzida 3 joʻme masjid, 15 yaqin mahalla masjidlar, 3 kasalxona, 1 poliklinika, 1 istiroxat bogʻi hamda Qorasuv tumanidagi madaniyat uyi bor.