Qoraqalpogʻistondagi namoyishlar (2022)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2022-yil 1-iyul kuni Oʻzbekiston tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida namoyishlar boshlandi. Namoyishning asosiy sababi Oʻzbekiston konstitutsiyasidagi Qoraqalpogʻistonning suveren statusiga va Qoraqalpogʻiston vaqti kelib Oʻzbekistondan ajralib chiqishi mumkinligi haqidagi moddalarga oʻzgartirishlar kiritilishi taklif qilinganidir. Namoyishlar Qoraqalpogʻistonning markazi — Nukus shahrida boshlandi va keyinroq Chimboy va Moʻynoq shaharlarida ham boʻlib oʻtdi. Namoyish qatnashchilari avvaliga konstitutsion oʻzgarishlarga qarshi ekanliklarini bildirdilar. Namoyishlar oqibatida bloger, inson huquqlari faoli Dauletmurat Tajimuratov hibsga olindi[⇨].
Qoraqalpogʻistondagi namoyishlar (2022) | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Raqiblar | |||||||||
Namoyishchilar | Oʻzbekiston hukumati | ||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
Dauletmurat Tajimuratov | Shavkat Mirziyoyev (Prezident) | ||||||||
Yoʻqotishlar | |||||||||
Halok boʻlganlar: 21 kishi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha)[1] Jarohat olganlar: 205 kishi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha); minglab odamlar (Qoraqalpogʻiston respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumoti boʻyicha[2] Hibsga olinganlar: 516 kishi |
Jarohat olganlar: 38 nafar huquqni muhofaza qilish organi vakillari (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumoti boʻyicha) | ||||||||
Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklar sodir etishda ayblangan 61 kishi ustidan sud hukmi oʻqildi[3][4][5] |
Xalq noroziliklari oqibatida 2-iyul kuniyoq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga uchib bordi va Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesida soʻzga chiqib, Qoraqalpogʻistonning suvereniteti haqidagi taklif qilinayotgan oʻzgarishlar bekor qilinishini aytdi[⇨].
2022-yil 3-iyul kunidan boshlab Qoraqalpogʻiston hududi boʻylab bir oylik komendantlik soati eʼlon qilindi, aholining soat 21:00 dan 7:00 gacha koʻchada harakatlanishi cheklandi. Ammo 17 kun oʻtgach barcha cheklovlar bekor qilindi[⇨].