From Wikipedia, the free encyclopedia
Qorakoʻz (lot. Ballerus sapa) – karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi.
Qorako‘z | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Ballerus sapa Pallas, 1814 | ||||||||||||||
Qorako‘zlarning tarqalgan hududlari | ||||||||||||||
Cyprinus sapa (Pallas, 1814-yil) Abramis sapa (Pallas, 1814-yil) Cyprinus kleweza (Güldenstädt, 1791-yil) Cyprinus cleveza (Pallas, 1814-yil) Abramis balleropsis (Agassiz, 1835-yil) Abramis schreibersii (Heckel, 1837-yil)[1] |
Bu turdagi baliqlarining uzunligi oʻrtacha 25 smdan 15 smgacha boʻlishi mumkin. Ballerus baliq turiga juda oʻxshash boʻlib, u oʻzining katta koʻzlari, pastroqda joylashgan kichik ogʻzi bilan ajralib turadi[2].
Yarim oʻtkinchi baliq. 3—4 yoshlar atrofida voyaga yetadi. Urchishi martning oxiri may oyining boshlariga toʻgʻri keladi. Daryolarda – 5—10 ming, koʻl va suv omborlarida – 30 minggacha boʻlga uvildiriq tashlaydi . Kechasi faol boʻlganligi uchun asosan oʻljalarini tungi paytda ovlaydi. Suv hashoratlarining lichinkalari, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va oʻsimliklar urugʻlari bilan oziqlanadi. Ularni asosan tez oqadigan, tubi qumli va toshloq suv havzalari yoki daryolarda uchratish mumkin. Soʻnggi oʻn yil davomida bu turning katta qismi yoʻq boʻlib ketdi[3].
Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Orol dengizi irmoqlarida, shuningdek Yevropa va Osiyodagi koʻplab yirik daryolarda keng tarqalgan. U Rossiyaning shimolidagi bir qancha daryolar, xususan Reyn (1995-yilda) va Qora dengiz havzasidagi Dnepr-Bug daryosi orqali Vistula daryosining irmoqlarigacha tarqalgan. Oʻzbekistondagi Amudaryo va Sirdayo havzalarining quyi va oʻrta oqimlarida tarqalgan[4].
Orol dengizi sathning pasayishi va suvning shoʻrlanishi, daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi, ulardagi suvning kamayishi va suvlarining ifloslanishi Qorakoʻzlarning yashash va koʻpayish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻldi[5].
Qizilqum qoʻriqxonasida va Quyi Amudaryo biosfera rezervativining qoʻriqlanadigan hududida muhofaza qilinadi. Yashash joylarda muhofazasi tashkil qilinmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.