![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c4/Martyrs%2527_Lane_5.jpg/640px-Martyrs%2527_Lane_5.jpg&w=640&q=50)
Qora yanvar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qora yanvar — 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqining qoʻshin boʻlmalari favqulotda holat e’lon qilmasdan kirib borgan, tinch aholiga hujum qilib, yuzlab gunohsiz insonlarni qatl qilgan, bu hujumda koʻpchiligi yaralangan, bedarak yoʻqolgandi. Sovet qoʻshinlarining maxsus tayinlangan qismlari va ichki qoʻshinlarning yirik kontingentining Bokuni zabt etishi zulm va misli koʻrilmagan vahshiylik sifatida baholanadi.
Qora Yanvar ozarb. Qara Yanvar | |
---|---|
![]() | |
Bokuda Shahidlar Xiyoboni, 1990-yil. | |
Mamlakat | ![]() |
Sana | 19-20-yanvar 1990-yil |
Sababi | Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini buzish urinishlariga sobiq SSSR rahbariyatining Ozarbayjon bilan bogʻliq olib borgan gʻarazli siyosati |
Natija | 131-170 nafar tinch aholining oʻldirilishi |
Mojarodagi tomonlar | |
bir tomondan | ![]() |
boshqa tomondan | ![]() |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
Mojarodagi tomonlar | |
bir tomondan | ![]() |
boshqa tomondan | ![]() |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
Umumiy yoʻqotishlar | |
131-170 nafar qurbon | |
700-800 nafar yarador |
Favqulotda vaziyat tatbiqi alohida e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar 82 nafarni qatl qilgan, 20 nafarni esa ogʻir yaralagan edilar. Favqulotda vaziyat e’lon qilingach esa, 20-yanvarda va undan keyingi kunlarda Boku shahrida 21 kishi oʻldirildi. Favqulotda vaziyat e’lon qilinmagan rayonlarda – 25-yanvarda Neftchalada va 26-yanvarda Lenkoranda yana 8 kishi qatl qilindi.
Shunday qilib, qoʻshinlarning noqonuniy kirib kelishi natijasida Bokuda va Ozarbayjon rayonlarida 146 kishi oʻldirildi, 744 kishi yaralandi, 841 kishi noqonuniy hibsga olindi, harbiylar tomonidan 200 uy va bino, 80 avtomashina, shu jumladan, tez yordam mashinalari, yonuvchi oʻqlar chiqargan yongʻin natijasida davlat va shaxsiy mulklar yoqib yuborildi. Halok boʻlganlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar, shuningdek, tez yordam xizmatchilari va militsiya xodimlari bor edi. SSSR Konstitutsiyasi, Ozarbayjon SSR Konstitutsiyasi qoʻpol ravishda buzilib, Ozarbayjon Respublikasining suveren huquqlari toptalgan edi. Avvaldan oʻylangan va tayyorlanilgan bu tajovuzkorlik aksiyasi Ozarbayjon xalqining demokratiya va milliy ozodlik yoʻlida kurashini boʻgʻish, xalqni tahqirlab, unga ma’naviy zarba berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi.