From Wikipedia, the free encyclopedia
Qonunchilik:
1) davlatning oʻz oldida turgan vazifa va funksiyalarini amalga oshirish usullaridan biri. Bu vakolatli davlat organlari (parlament) tomonidan davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalari boʻyicha qonunlar qabul qilish faoliyatida ifodalanadi (qarang Qonun chiqaruvchi hokimiyat);
2) muayyan davlatda amalda boʻlgan yoki ijtimoiy munosabatlarning barchasini yoxud maʼlum bir sohasini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar (mas, fuqaro qonunchiligi, jinoyat qonunchiligi) yigʻindisi. Qonunchilik ayni paytda huquq normalarini oʻzida ifodalagan normativ aktlarning oddiy jamlanmasi boʻlmay, balki, ularni yuridik kuchi va ahamiyatiga qarab bir tizimga solinishidir. Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi oʻzaro uzviy bogʻliq. Huquq tizimi huquqning mazmunini, uning ichki tuzilishini ifodalasa, Qonunchilik tizimi huquqning tashqi shaklini, mavjud huquq normalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadigan, eskilarini bekor qiladigan aktlarni ham ichiga oladi.
Qonunchilik tizimi gorizontal (tarmoq) va vertikal (pogʻonaviy) tuzilishdan iborat. Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi uning qanday ijtimoiy munosabatlarni tartibga solayotganiga bogʻliq holda shakllanadi, bunda q. tarmogʻi bilan huquq tarmogʻi bir-biriga toʻla mos keladi. Mas, konstitutsiyaviy huquq – konstitutsiyaviy Q, mehnat huquqi – mehnat qonunchiligi, jinoyat propessual huquq – jinoyat protsessual Qonunchilik Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi – normativ-huquqiy aktlarning yuridik kuchiga qarab pogʻonaviy joylashuvini ifodalaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – Oʻzbekiston Hukumati qarorlari, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va boshqa markaziy idoralarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi hujjatlaridan iborat. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston qonunchiligi butunlay yangidan shakllandi. Qonunchilik tizimida banklar va banklar faoliyatiga doir, xususiylashtirish, bankrotlik, soliq, bojxona, xalqaro shartnomalarga doir yangi Qonunchilik tarmoqlari va yoʻnalishlari vujudga keldi. Qonunchilikda ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir sohasini tartibga soladigan normativ aktlarni oʻz ichiga olgan Qonunchilik tarmoqlari bilan bir qatorda, majmuaviy tusdagi Qonunchilik yoʻnalishlari shakllanmoqda (mas, tabiatni muhofaza etish, transportga doir, xoʻjalik qonunchili-gi, aholining alohida qatlamlari, jumladan, ayollar, bolalarga oid majmuaviy Qonunchilik tarmoqlari). Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida mamlakat hududida amalda boʻlgan barcha Qonunchilik aktlarining Konstitutsiyaga mosligini taʼminlash va shu maqsadda mavjud Qonunchilikni qayta koʻrib chiqish, eskirgan, samarasiz normativ aktlarni bekor qilish, yangi qonunlar ishlab chiqish, qonun qabul qilishni takomillashtirish, hajm jihatdan kattalashib ketgan majmuaviy Qonunchilik tarmoqlarini mustaqil tarmoqchalarga ajratish zarur (mas, fuqarolik qonunchiligi tarmogʻidan oila qonunchiligining ajralib, mustaqil Qonunchilik tarmogʻiga aylanishi kabi).
Mavluda Ahmadshoyeva.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.