Qodir Gʻulomov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qodir Gʻafurovich Gʻulomov (1945.15.2, Toshkent) – fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1980). Moskva davlat universitetini tugatgan (1968). Ayni paytda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutda ishlagan (1967—1968). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim (1969—1970), Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1971—1988). „Fizika—Quyosh“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktor muovini (1988—1989), Bosh direktori (1989—1999), Oʻzbekiston FA Bosh ilmiy kotibi (1991—1999), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri (2000—2005), Prezident davlat maslahatchisi (2005-2006). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, materialshunoslik sohalariga oid. Uning rahbarligida turli tipdagi quyosh kollektorlari, fotobatareyalar, yangi abraziv uskunalar, izolyatorlar va keramik buyumlar yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi[2].
Gʻulomov Qodir Gʻofurovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 2000-yil – 2005-yil 18-noyabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Yuriy Agzamov |
Vorisi | Ruslan Mirzayev[1] |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2005-yil 18-noyabr – 2006-yil 16-yanvargacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Sh. Egamberdiyev |
Vorisi | M. Ikromov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
15-fevral 1945-yil (1945-02-15) (79 yosh) Toshkent |
Otasi | Gʻafur Gʻulom |
Mukofotlari |