Qoʻshtepa kanali
Afgʻonistonda qurilayotgan kanal / From Wikipedia, the free encyclopedia
Qoʻshtepa kanali (pushtucha: کانال قوش تیپه) — Afgʻoniston shimolida Tolibon tomonidan Amudaryo suvini burish uchun qurilayotgan bahsli kanal[1]. Kanal uzunligi 285 km boʻlishi kutilmoqda. Kanal qurilishi 2022-yil mart oyida boshlangani taxmin qilinadi[1]. Oʻzbekiston kanalning qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsir koʻrsatishidan xavotir bildirdi[2]. Shuningdek, kanalga Amudaryodan suvni burish natijasida Orol dengizi falokati yanada ogʻirlashishi aytilmoqda.
Qoʻshtepa kanali | |
---|---|
Texnik xususiyatlari | |
Uzunligi | 285 km (177 milya) |
Status | Qurilish davom etmoqda |
Tarixi | |
Qurilish boshlanishi | 2022 |
Geografiyasi | |
Boshlangan nuqtasi | Balx viloyati |
Tarmogʻi | Amudaryo |
Tolibonga koʻra, tashabbus 550 ming gektar choʻlni qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlarga aylantirishi koʻzlangan[3]. Tolibon Qoʻshtepa kanali qurilishini ustuvor loyihaga aylantirdi. Planet Labs taqdim etgan suratlardan 2022-yil aprelidan 2023-yil fevraligacha 100 km dan ortiq kanal qazilganligini koʻrish mumkin[3]. Mustaqil ekspertlar va muhandislar loyihaga shubha bilan qarab, Tolibon kanalni samarali yakunlash boʻyicha nou-xauga ega emasligi va loyihani moliyalashtirish qiyin boʻlishi, chunki hech bir xorijiy donor uni qoʻllab-quvvatlashga tayyor emasligini taʼkidlamoqda.