From Wikipedia, the free encyclopedia
Qoʻshilmaslik harakati – harbiy-siyosiy bloklar va guruhlarda qatnashmaslikni oʻz tashqi siyosatining asosiy yoʻli deb eʼlon qilgan mamlakatlarni birlashtiruvchi hara-kat. Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan va hozirda 100 dan ortiq davlatni birlashtiradi. Ushbu harakatda mustamlakachilik asoratidan ozod boʻlgan davlatlarning koʻpchiligi ishtirok etadi. Qoʻshilmaslik harakatida qatnashuvchi davlatlar 1961-yilda „Qoʻshilmaslikning besh tamoyili“ni eʼlon qilganlar. Ular quyidagilardan iborat; turli tuzumdagi davlatlar bilan tinch-totuv yashash, qoʻshilmaslik; xalklarning mustamlakachilarga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatini qoʻllab-quvvatlash; buyuk davlatlar oʻrtasidagi nizolarga taalluqli harbiy it-tifoqlarda qatnashmaslik; harbiy kelishuvlarda qatnashmaslik; oʻz hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirmaslik. 1990-yillar boshigacha qoʻshilmagan mamlakatlarning quyidagi konferensiyalari boʻlib oʻtgan: Belgrad (Yugoslaviya, 1961-yil sentyabr; 25 davlat), Qohira (Misr, 1964-yil oktabr; 47 davlat), Lusaka (Zambiya, 1970-yil sentyabr; 54 davlat), Jazoir (1973-yil sentyabr; 76 davlat), Kolombo (Shri Lanka, 1976-yil avgust; 86 davlat, shuningdek, 29 mamlakat, xalqaro tashkilot va milliy ozodlik hara-katlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), Ga-vana (Kuba, 1979-yil sentyabr; 95 davlat va milliy ozodlik harakatlari, shuningdek, 39 mamlakat, xalqaro tashkilotlar va milliy ozodlik hara-katlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), Dehli (Hindiston, 1983-yil dekabr; 97 davlat va milliy ozodlik harakatlari, shuningdek, 41 mamlakat, xalqaro tashkilot va milliy ozodlik hara-katlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), xarare (Zimbabve, 1986-yil avgust-sentyabr; 100 davlat va milliy ozodlik hara-katlari), Belgrad (Yugoslaviya, 1989-yil sentyabr; 102davlat), Jakarta (Indoneziya, 1992-yil sentyabr; 108 davlat).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.