![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/1999%252C_December%252C_29._The_1300th_Anniversary_of_Kitabi_Dede_Gorgud.jpg/640px-1999%252C_December%252C_29._The_1300th_Anniversary_of_Kitabi_Dede_Gorgud.jpg&w=640&q=50)
Qoʻrqit ota kitobi
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Qoʻrqit ota kitobi" („Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi)[1] — oʻgʻuz turk dostoni.[2] Ozarbayjon xalq adabiyotining eng qadimiy yozma obidasi (XI-XII asrlar).
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/1999%2C_December%2C_29._The_1300th_Anniversary_of_Kitabi_Dede_Gorgud.jpg/320px-1999%2C_December%2C_29._The_1300th_Anniversary_of_Kitabi_Dede_Gorgud.jpg)
Anʼanaga koʻra „Kitobi Dada Qoʻrqud“da dostonlarning muallifligi Dada Qoʻrqudga tegishli deyiladi. XIV asr tarixchilaridan Oybek ad-Davadori va Fazlulloh Rashidaddin Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar davrida yashaganini hamda turklar tomonidan elchi sifatida uning yoniga joʻnatilganini yozganlar. Doston muqaddimasida ham Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar zamonida yashagani qayd etiladi.[3]
Dostonlarning asosiy syujeti quyidagi oʻn ikki boʻy (doston)dan iborat: „Dirsaxon oʻgʻli Boʻgʻochxon“ dostoni, „Solor Qozon uyining talon-toroj boʻlganligi haqida doston“, „Boyburabekning oʻgʻli Bamsi Bayrak“ dostoni, „Qozonbek oʻgʻli Oʻrozbekning tutqun boʻlgani haqida doston“, „Duxoxoʻja oʻgʻli Dali Domrul“ dostoni, „Kanglixoʻja oʻgʻli Xontoʻrali“ dostoni, „Qozilikxoʻja oʻgʻli Yaganak“ dostoni, „Basatning Tepakoʻzni oʻldirganligi haqida doston“, „Bagil oʻgʻli Emron“ dostoni, „Ushunxoʻja oʻgli Sakrak“ dostoni, „Solor Qozonning tutqun boʻlgani va oʻgʻli Oʻroz qutqargani haqida doston“, „Ichoʻgʻoʻzning Tashoʻgʻoʻzga itoat etmagani va Bayrakning oʻlimi haqida doston“.