From Wikipedia, the free encyclopedia
Qizlarxon Kamolovna Doʻstmuhamedova (1946-yil 25-noyabr, Toshkent; 2023-yil 25-may[1]) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1977). 1965—1972 va 1982—1988-yillar „Shodlik“ ashula va raqs ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. „Goʻzal“ ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (1972—1981). 1988-yildan Toshkent davlat madaniyat institutida pedagog.
Qizlarxon Doʻstmuhamedova | |
---|---|
Tavalludi |
25-noyabr 1946-yil |
Vafoti |
25-may 2023-yil (76 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat sanʼat instituti |
Kasbi | Raqqosa |
Mukofotlari |
Doʻstmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. „Goʻzal“, „Tong malikasi“, „Goʻzal tong“, „Intizor“, „Buxoro yulduzi“, „Sevgi taronasi“, „Nozli“ kabi zamonaviy, shuningdek, „Munojot“, „Tanavor“, „Moʻgʻulchai segoh“, „Qorakoʻzim“, „Guluzorim“, „Safti miskin“ va boshqalar mumtoz raqslari mashhur. „Shashmaqom“ telefilmida qatnashgan (1972). „Tanavor“ raqs ansambli (Sietl, AQSH)da oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSH, Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis va boshqa mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Doʻstmuhamedova ijodiga bagʻishlab „Nafosat guldastasi“ nomli film ishlangan (1985). „Elyurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)[2][3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.