From Wikipedia, the free encyclopedia
Qisqichbaqaxoʻr makaka ( lotincha: Macaca fascicularis) yoki Yavana makaksi - maymunsimonlar oilasiga mansub tur (Cercopithecidae).
Qisqichbaqaxoʻr makaka | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sut emizuvchilar |
Turkum: | Maymunsimonlar |
Oila: | Makakalar |
Urugʻ: | makakalar |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Macaca fascicularis 1821 | |
Kichik turlari | |
| |
Areal | |
Oʻrta boʻyli maymuning tana uzunligi 40 dan 60-65 sm gacha, kattalar erkakning vazni 4-8,5 kg, urgʻochilar 2,5-3,8 kg. Dumining uzunligi taxminan yarim metr, oyoq-qoʻllari qisqa. Moʻyna yashil tusga ega kulrang, boshida toʻq doʻpisinon belgisi bor, kalta moʻylov va yonboshlarida oq bakenbardlari bor.
Qisqichbaqaxor makaka sharqiy Bangladeshdan Birma, Tailand, Indochina, Malay arxipelagining orollaridan Filippingacha boʻlgan keng doirani egallaydi. Bu Uolles chizigʻini buzgan quruqlikdagi sutemizuvchilarning noyob namunasidir. Pasttekislikdagi tropik oʻrmonlarda yashaydi, shu jumladan aholi punktlari yaqinida va mango oʻrmonlarida uchraydi. Yaxshi suzishi biladi.
Doirasidan tashqaridagi bir qancha hududlarda uchraydi, xususan, Yangi Gvineyaning gʻarbiy qismida, Palau arxipelagidagi Anggaur orolida va Mavrikiyda. Yirik yirtqichlarsiz shakllangan orollarda biologik turlarga xavf tugʻdiradi[1] .
Qisqichbaqaxor makaka hamma yeydigan jonzot. Suvdan oziq-ovqat izlashi imkoniga ega boʻlsa-da, qisqichbaqa uning asosiy ozuqasi hisobkanmaydi. U mevalar, rezavorlar, barglar, yongʻoqlar, hasharotlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi, qushlarning uyalaridan tuxum ogʻirlashadi.
Qisqichbaqaxor makakalar yil davomida koʻpayadi. Tabiiy yashash joylarida tugʻilishning maksimal darajasi bahor va yozning boshlariga toʻgʻri keladi, ammo boshqa iqlim zonalarida bu sanalar oʻzgarishi mumkin.
2018-yilda xitoylik olimlar ikkita makakani[2][3][4][5] muvaffaqiyatli klonlanilganligini eʼlon qilindi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.