From Wikipedia, the free encyclopedia
Qirgʻoq — suv havzalari (okean, dengiz, koʻl va suv omborlari) va oqar suvlar (daryo, vaqtli oqar suvlar) bilan quruqlik tutashgan hamda oʻzaro taʼsir roʻy berib turadigan kambar yer. Qirgʻoqlarning quruqlik tomondagi chegarasi — qirgʻoq chizigʻi deyiladi. Qirgʻoqning tarkib topishi va xususiyatlari toʻlqinlarga, oqar suvlarda oqim harakatiga bogʻliq. Qirgʻoqning oʻzgarishiga tektonik harakatlar ham taʼsir koʻrsatadi. Qirgʻoq koʻrinishi, tuzilishi, oʻzgarishi va holatiga koʻra xilmaxil boʻladi. Dengiz qirgʻoqlari balandligi, parchalanganligi, geologik tuzilishi, shakli, yoshi va boshqalarga koʻra turlarga ajratiladi: 1) endogen va ekzogen jarayonlar natijasida paydo boʻlgan yosh qirgʻoqlar. Ularga dastlab tekis boʻlib, keyin parchalangan tektonik va erozion-tektonik, erozion, muzlik, shamol taʼsirida paydo boʻlgan hamda vulkanik qirgʻoqlar kiradi;2) toʻlqindan boshqa jarayonlar taʼsirida paydo boʻlgan qirgʻoqlar dengiz suvi koʻtarilib qaytganda hosil boʻlgan, denudatsion, organik qoldiqlardan hosil boʻlgan qirgʻoqlardan iborat;3) toʻlqinlar taʼsirida vujudga kelgan qirgʻoqlar. Ular abraziya va akkumulyatsiya taʼsirida, yaʼni dengiz toʻlqinlari taʼsirida vujudga keladi va juda koʻp uchraydi. Yirik daryolarning quy-ilish joylarida delta qirgʻoq shakllanadi (q. Delta). qirgʻoq tiplari shakllani-shida va tarqalishida tabiiy geografik zonallik aniq koʻrinadi. Mas, termoabraziv qirgʻoqlar qutbiy zonalarga, marjonli va mangrali qirgʻoqlar tropik va ekvatorial mintaqalarga xos. Hozirgi zamon tektonik harakatlari ham dengiz qirgʻoqlarining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Muzlik davridan keyingi transgressiya koʻtarilgan maydonlardagiga nisbatan tektonik choʻkayotgan sohilboʻyi rayonlarda quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan. Uchchala guruhdagi qirgʻoqlar ford, shxera, dalmatsiya, rias, panjasimon, liman, orol, dengiz tipli, marjonli, fitogen, abrazion-buxtali, lagunali, qum tilli kabi tiplarga boʻlinadi. Oqar suvlarning Qlari rivojlani-shida oʻzan oqimi muhim omil hisoblanadi. Daryo Qlari togʻ va tekisliklarda bir-biridan keskin farq qiladi. Daryolardagi oqim faoliyati Qlarning eroziyasi, oʻzanning alohida joylarida oqiziqlarning toʻplanishida namoyon boʻladi. Katta daryolar Qlarining shakllanishda gravitatsiya jarayonlari (surilma, koʻchki, sochilma) muhim ahamiyatga ega. Suv bosadigan (qayirli) va suv bosmaydigan (tub, terrasali) daryo qirgʻoqlari farq qilinadi (qarang Vodiy, Terrassa). Qirgʻoqlarning kelib chiqishi, oʻzgarishi, morfologiyasini oʻrganish port va koʻpriklar qurilishi, qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarida, kema qatnovida, rekreatsiya zonalari tashkil etish, foydali qazilma konlarini oʻrganishda, suv omborlari qurishda katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.