Qarshi koʻprigi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qarshi koʻprigi — (yoki Qashqadaryo koʻprigi) Qarshi shahri hududidan oqib oʻtuvchi Qashqadaryo daryosi ustida qurilgan, shaharni ikkala qismini bir-biri bilan bogʻlaydigan qadimiy gʻisht koʻprik[1][2]. Qarshi shahrining ramzlaridan biri sanaladi. Hozirgacha yetib kelgan bu koʻprik qurilishi XVI asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan. Qarshi koʻprigi Qashqadaryo ustiga qurilgan eng katta hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[3]. Koʻprik soʻnggi bor 2016-yil taʼmirdan chiqqan[4].