Portugaliyaga qarashli shaharlar roʻyxati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Portugaliyaga qarashli shaharlar roʻyxati, ushbu maqolada Portugaliyada joylashgan shaharlar ro'yxati keltirilgan. Portugaliyada shahar (portugalcha: cidade) aholi soni va shahar infratuzilmasi kabi turli mezonlar asosida ma'lum aholi punktlariga berilgan sharafli nom sifatida qo'llanib kelinadi. 1980-yillarda Portugaliyadagi aholi harakati tufayli ko'plab hududlar shahar maqomiga ega bo'ldi va 2010-yil holatiga ko'ra 156 ta aholi punkti shahar sifatida qabul qilingan.
Portugaliyadagi har bir munitsipalitet (portugalcha: concelho) shahar sifatida qabul qilinavermaydi, chunki shahar maʼmuriy boʻlinmaga hisoblanmaydi va baʼzi munitsipalitetlarda bir nechta shaharlar mavjud, aholisi kam boʻlgan ba'zi munitsipalitetlarda esa umuman shahar mavjud emas. Shahar ham Portugaliyadagi eng kichik maʼmuriy birligi boʻlgan bujak (portugalcha: freguesia) teng emas. Ba'zi shaharlar bir nechta kichik tumanlardan, shuningdek, bitta kichik tumanga qarashli shaharlardan iborat bo'lishi mumkin. Munitsipalitetning markazi va davlat idoralari odatda ushbu munitsipalitetning eng muhim shahar yoki shaharchasida joylashgan bo'ladi.
1910-yilgacha aholi punktini shahar deb e'lon qilish qirol farmoni bilan amalga oshirilar edi. Yigirma besh marotaba qirol farmoni chiqarilib, shaharlar bu maqomga loyiq ko'riladi. Birinchi Portugaliya respublikasi davrida bu vazifa parlamentga berilgan va bu davrda uchta ma'muriy markaz shahar deb e'lon qilingan. Estado Novo rejimi hukumat qarori bilan yettita hududga shahar maqomini beradi. "Chinnigul inqilobi"dan keyin bu vazifa yana parlamentga topshiriladi va natijada hozirgi Portugaliyada 156 ta shahri vujudga keladi. Sakkizta shahar eng qadimgi shaharlar sifatida tanilgan. Bular: Braga, Koimbra, Evora, Lamego, Lissabon, Porto, Silves va Viseu.