Pop tumani
Oʻzbekistondagi tuman / From Wikipedia, the free encyclopedia
Pop tumani — Namangan viloyatidagi tuman. U 1926-yil 28-sentabrda tashkil etilgan. 1930-yildan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931-yilda, Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin, Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947—1960-yillarda Namangan viloyati tarkibida, 1960—1967-yillarda Fargʻona viloyatida, 1967-yil dekabrdan yana Namangan viloyati tarkibiga kirgan.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Namangan viloyati |
Maʼmuriy markazi | Pop (shahar) |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
40°52′0″N 71°12′0″E |
Yopish