From Wikipedia, the free encyclopedia
Lontrell Donell Williams Jr. (1999-yil 8-noyabrda tugʻilgan), Pooh Shiesty nomi bilan mashhur, amerikalik reper. U egasi Gucci Mane hisoblangan 1017 Records, keyinchalik Atlantic Records bilan shartnoma imzolagan. U 2020-yilda reper va leybldagi boshqa reperlar bilan hamkorligi tufayli shuhrat qozondi. U 2020-yilda Lil Durk ishtirokidagi „Back in Blood“ duet singli bilan mashhur boʻldi. Shiesty 2021-yil 5-fevralda AQSh Billboard 200 roʻyxatida 3-oʻrinni egallagan „Shiesty Season“ debyut miksteypini chiqardi. Shiesty nomini marhum akasi bergan va bu uning bolalikdagi „Mr. Pooh“ laqabidan kelib chiqqan[2][3].
Pooh Shiesty | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Lontrell Donell Williams Jr. 8-noyabr 1999-yil[1] Tennesi, Qo'shma Shtatlar. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Reper • Muallif |
Leybl |
|
Janr | |
Faoliyat yillari | 2019–hozirgacha |
Veb-sayt | https://www.poohshiestymusic.com |
Shiesty Tennessi shtatining Memfis shahrida oʻsgan. U ikki yil davomida Texasda yashadi. U 18 yoshida musiqaga eʼtibor qarata boshlagan[4].
Pooh Shiesty oʻz karyerasini 2019-yil 15-martda chiqqan debyut singli „Hell Night“ bilan boshladi, keyin esa 2019-yil 19-fevralda musiqani rasmiy videosi chiqdi. „Shiesty Summer“ singli besh oydan soʻng, 2019-yil 20-avgustda chiqarildi.
2020-yil 11-martda Shiesty „At It Again“ singlini, toʻrt kundan soʻng esa „Main Slime“ singlini chiqardi. Shiesty 2020-yil 3-iyunda musiqiy video bilan birga „ABCGE“ singlini chiqardi.
Shuningdek, 2021 yilda u XXL Freshman Class-da rep ijro qilgan.
2020-yil 13-oktabrda Pooh Shiesty Florida shtatidagi Bay Harbor orollarida otishma sodir etganlikda ayblanib hibsga olingan. Unga qurolli talonchilik, og'irlashtirilgan hujum va jinoiy o'g'irlik kabi bir qancha ayblovlar qo'yilgan. U o'sha kuniyoq hibsdan ozod etilgan
Pooh Shiestyga Chief Keef, Kodak Black va Lil Wayne taʼsir koʻrsatadi.
Mukofot | Yil | Nominatsiya | Kategoriya | Natija | Man. |
---|---|---|---|---|---|
BET Hip Hop Awards | 2021 | Himself | Best New Hip Hop Artist | Nominatsiya | [12] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.