![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/63/Plzen_city_view.jpg/640px-Plzen_city_view.jpg&w=640&q=50)
Plzeň
From Wikipedia, the free encyclopedia
Plzeň(chex. Plzeň, ingl. Pilsen) - Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 171 356 kishi (atrofidagi tumanlar bilan 225 000 ga yaqin). Chexiyaning 4-yirik shahri (Praga, Brno va Ostravadan keyin). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292-yilda asos solingan. 14— 15-asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/63/Plzen_city_view.jpg/640px-Plzen_city_view.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/16/Plzen_CoA.gif/150px-Plzen_CoA.gif)
Plzen o'zining "Shkoda Holding" avtomobilsozlik sanoati va pivosi (Pilsner Urquell, Gambrinus) bilan tanilgan. Shuningdek, ko'p tarixiy bino va inshootlar mavjud.