From Wikipedia, the free encyclopedia
Pichoq — bir tomoni charxlab oʻtkirlangan, plastinkasimon uzunchoq keskir asbob. Odatda, tigʻ va dastadan iborat boʻladi. Tigʻ qattiq metalldan boʻlib, bir yoki ikkala tomoni ham oʻtkirlanib yasalgan boʻlishi mumkin. Pichoq asosan tigʻ va dasta (sop) dan iborat.
Tigʻ pichoqning kesadigan qismi hisoblanadi. Dastasi (sopi) yogʻoch, suyak, plastmassa va baʼzan temirdan ishlanadi. Ular suqma, yorma va naqshdor boʻladi. Dasta mustahkam turishi uchun mis halqachalar — gul-band qoʻyiladi. Tuzilishiga koʻra, pichoq toʻgʻri, qayqi, bodomcha; oʻlchamiga koʻra — oʻrtasuyamlik, gezlik, bolapichoq, chalabuzar, mardona; bezatilishiga koʻra — sodda, guldor, chilmixgulli, rufta, sadafli, dandop sopli va boshqa; yasalish usuliga koʻra, chust (tus) pichogʻi, poytug pichoq, qoʻqop pichoq, qorasuv pichoq, shahrixon pichogʻi, xiva pichogʻ xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, pichoqlar oʻtkir uchli va toʻmtoq uchli qilib yasalishi; buklama (pakki); tugmacha va prujinali (tugmachasi bosilganda tigʻi irgʻib ochiladigan) boʻlishi mumkin. Pichoqni shikastlanishdan saqlash uchun maxsus moslama gʻilof — qinga solib qoʻyiladi. Qin gazlama, metall, temir, charm, yogʻoch va boshqalardan yasalib, unga turli badiiy oʻyma naqshlar qilinadi.
Oʻzbekistonda ilgari pichoqlar asosan temirchilik doʻkonlarida tayyorlangan, hozir mahalliy sanoat korxonalarida hamda xususiy kichik korxonalar (doʻkonlar)da ishlab chiqariladi. Pichoqlar uy-roʻzgʻor va xoʻjalikda, bogʻdorchilik, kosibchilik, ovchilik va boshqalarda qoʻllanadi.
mashina va mexanizmlarning kesuvchi, qirquvchi va oʻyuvchi qismlari. Yogʻochsozlik sanoati, yogʻoch oʻymakorligi, oziq-ovqat sanoa-ti, qishloq xoʻjaligi mashinalarida, taxta tilish, faner yoʻnish, yogʻoch oʻyish, silos va somon maydalash, karam qirqish va boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan pichoqlar boʻladi. Ular freza, disk, oʻtkir uchli plastina va boshqa koʻrinishda yasaladi.
Elektrotexnikada rubil-niklar va shtepsellardagi qisqichlar ham P. deb ataladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.