From Wikipedia, the free encyclopedia
Paxtaqand yoki „shakarli paxta“ – yumshoq asosga ega qandolatchilik mahsuloti, koʻrinishidan paxta momigʻiga oʻxshaydi. Tez aylanadigan metall baraban yoki konus ustiga elak orqali eritilgan shakarni quyish orqali tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida yupqa iplar hosil boʻlib, bir oʻramga yigʻiladi. Agar shakar siropiga oziq-ovqat boʻyoqlari qoʻshilsa, rangli tusga kiradi[1][2].
Paxtaqand 1897-yilda stomatolog William Morrison va qandolatchi Jon C. Wharton tomonidan ixtiro qilingan. Birinchi marta 1904-yilgi Butunjahon yarmarkasida „Fairy Floss“ nomi bilan[3] keng jamoatchilikka taqdim etilib, har bir qutisi 25 ¢ dan boʻlgan. Shunday qilib jami 68 655 quti paxtaqand sotilgan.
Paxtaqand ommaviy tadbirlar, turli festivallar va attraksionlarning odatiy atributi boʻlib[4][5][6], shakarli iplarni tayoqchalarga oʻraydigan maxsus mashinalar yordamida tayyorlanadi. Shuningdek, dunyoning koʻp hududlarida yengil, kichik oʻlchamda fabrikalarda ishlab chiqariladi.
Gʻarbiy mamlakatlarda (ayniqsa, AQShda) zich holatda tayyorlangan oʻramlarda ham ishlab chiqariladi. Yaqin Sharqda zich paxtaqandga oʻxshash yumshoq holvalar: turk pishmaniyesi va eron pashmakining versiyalari ham tayyorlanadi. Tatar oshxonasida paxtaqanddan koʻra zichroq va turk pishmaniyasidan yumshoqroq boʻlgan talkish-kalyava (kichik teskari yigʻilgan stakan shaklidagi shirin qipiq) deb ataladigan oʻziga xos shirinlik mavjud. Hind shirin soan papdisi Eron va Turkiya yumshoq holvalaridan ham zichroq. Xitoyning shirin ajdaho soqoli va koreys shirin asal toʻpi (kkul-tarae) paxtaqandga juda yaqindir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.