Panjakent
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Panjakent, Panjikent (sugʻ. [2], tojikcha: Панҷакент, диал. Панҷакат, forscha: پنجيكند) — Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi shahar (1953-yilacha shaharcha). Zarafshon daryosi vodiysida, Samarqanddan 68 km janubi-sharqda joylashgan. Panjakent tumanining maʼmuriy markazi. Aholisi 40 ming kishiga yaqin (2013).
shahar | |
39°30′11″N 67°36′54″E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Sugʻd viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Panjakent tumani |
Hukumat | |
Ilk eslatilishi | miloddan avvalgi V |
Qachondan beri shahar | 1953 |
Markazi balandligi | 900 m |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
40 000 [1]. |
Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3475 |
Pochta indeks(lar)i | 735500 |
Avtomobil kodi | 02РТ |
|
Oltin ruda kombinati, oziq-ovqat (vino, sut, tamaki fermentatsiya, konserva zavodlari, goʻsht, sholi un kombinattlari) sanoati mavjud. Tarix oʻlkashunoslik muzeyi, pedagogika bilim yurti bor.
Hozirgi Panjakentdan 1,5 km janubi-sharqda qadimgi Panjakent shahri harobalari joylashgan. Uning maydoni 13,5 ga, shahriston, koʻhandiz, rabod va qabristondan iborat. Panjakentni 1938—40 yillarda arxeolog V. R. Cheylitko tekshirgan. Shahar harobalarini muntazam oʻrganishni A. Yu. Yakubovskiy 1946-yildan boshlab berdi, 1953-yildan tekshirish ishlarini A.M.Belenitskiy davom ettirdi. Shahristondan koʻp koʻcha tarmoqlari, Xom gʻisht va paxsadan qurilgan 2 qavatli ayvonli turar joy binolari, hunarmandchilik ustaxonalari va doʻkonlar qoldigʻi topildi. Shaxriston markazida 5—7-asrlarga oid ibodatxona koʻrinishida 2 ta bino boʻlgan. Shahar devoridan gʻarbda uch qavat istehkom bilan oʻralgan koʻhandiz joylashgan. Shahardan sharqsa esa 2 qavat uyli hovlilar (chorbogʻlar) boʻlgan. Koʻxandizda qamal vaqtida yashashga moʻljallangan mustahkam minora (donjon) va hokim saroyi joylashgan. Arxeologik qazishlar jarayonida Panjakentdan bir necha ming jez va kumush tanga topilgan. Bulardan Panjakentda zarb qilingan sugʻd tangalari alohida qimmatga ega. Sopol parchalariga sugʻd tilida va kamdan-kam arab tilida tush-siyoxda yozuvlar bitilgan. Kupchiligi yongʻin paytida kuyib ketgan sopol haykallar, oʻyib ishlangan yogʻoch shakllar, shuningdek, har xil mazmundagi manzaralar tasviri va naqshgul solingan yogʻoch gʻoʻlalar topildi. Ayniqsa, devorlarga ishlangan rasmlarda — oqsuyaklar bazmlari, diniy marosimlar, ov, janglar manzaralari va mifologik shakllar tasvirlangan. Shahar 5—8-asr oʻrtalarida ravnaq topgan, 8-asr 1-choragida shaharni arab bosqinchilari vayron qilgan. 8-asr 2-yarmida Panjakent butunlay harobaga aylanib, aholi yashamagan. Qadimgi Panjakent asosida muzey qoʻriqxona tashkil etilgan[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.