Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasining rahbari / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 18-noyabr) va uning yangi tahririda (2004-yil 3-dekabr) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti | |
Mamlakat: | Oʻzbekiston |
Avvalgi nomi: | Kommunistik partiya birinchi kotibi |
Lavozimdagi ilk shaxs: | Islom Karimov |
Amaldagi shaxs: | Shavkat Mirziyoyev |
Tayinlanadi: | umumxalq saylovda saylanadi |
Rahbarlik qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni |
Qarorgohi: | Oqsaroy qarorgohi, Toshkent |
Vakolat muddati: | 7 yil |
Sayt: | president.uz |