Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Sovet Ittifoqi respublikasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, OʻzSSR (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) – Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. 1924-yildan 1936-yilgacha Oʻzbekiston Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Oʻzbekistoni deb yuritiladi.
1924–1991 | |||||||||||||||
Maqom |
Turkiston ASSR tarkibida (1918–1924) Sovet Ittifoqi respublikasi (1924–1991) De facto suveren davlat (1990–1991) | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hukumat boshchisi | |||||||||||||||
• 1924–1937 (ilk) |
Fayzulla Xoʻjayev | ||||||||||||||
• 1990–1990 (soʻnggi) |
Shukrullo Mirsaidov | ||||||||||||||
Davlat boshchisi | |||||||||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||||||||
| |||||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud |
Oʻzbekiston Tojikiston |
Poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro, 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand, 1930-yil oxiridan Toshkent. Tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR kirgan. Respublika 11 oblastga boʻlingan, 156 rayon, 123 shahar, 98 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan[1]. Oʻzbekiston SSRning maydoni 447 400 km² boʻlgan.