Oʻtov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻtov — koʻchma uy, turar joy; koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi xalqlarning asosiy turar joyi.
Yengil xom ashyo (asosan, yogʻoch)lardan konussimon shaklda yasaladi: aylana shakldagi panjara devor va tepa qismdan iborat boʻlib, ustidan kigiz bilan yopiladi; shuning uchun "uy", "kigiz uy" deb ataladi. Oʻtovning oʻrtasida oʻchoq joylashadi, ichi oʻziga xos tarzda qismlar (ayollar qismi, erkaklar qismi va boshqalar)ga boʻlinadi. Tuzilishi jihatidan bir xil boʻlgan oʻtov tashqi koʻrinishi (bezaklari), pastbalandligi, kattakichikligi bilan farqlanadi. "Oʻtov" soʻzi, koʻpincha yangi oq kigiz bilan qoplangan, kelinchaklarga atab qurilgan uylarga nisbatan ishlatilgan; yangi kigiz ustidan oq mato qoplangan, oq arqonlar bilan tortib bezatilgan. Bundan hashamatli oʻtov "oq uy" deb ataladi. Oddiy oʻtovlar, koʻpincha xoʻjaliklar ehtiyoji uchun tiklangan oʻtovlar "qora uy" deyiladi. Tarixiy yozma manbalarda oʻtov Oʻrta Osiyo va Janubiy Sibirda yashagan xalqlarda qadimdan mavjudligi, hatto oʻrta asrlarda toʻrt gʻildirakli katta aravalarga oʻtov tikib foydalanilgani qayd etilgan. Oʻtov 20-asr boshlarigacha Markaziy Osiyo va Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, shuningdek, moʻgʻullar va boshqalar bir qancha xalqlarda mavjud boʻlgan. Xalqlarning oʻtroqlashishi natijasida oʻtov oʻz ahamiyatini qisman yoʻqotgan; qulay boshpana sifatida asosan choʻponlar undan foydalanadi. Solnomalarda "oq uy"larning har xil turlari (sarparda, sarqalʼa va boshqalar) boʻlgani qayd etilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.