Oʻt kislotalarsteroid monokarbon va xolat kislota mahsuli. Odam va hayvonlarning jigar hujayralarida ishlanib, oʻt bilan birga oʻn ikki barmoq ichakka quyiladi. Odam oʻti tarkibida, asosan, xolat kislota, oz miqdorda dezoksixolat, litoxolat va xenodezoksixolat kislotalari boʻladi. Oʻt kislotalar ichaklarda yogʻ hazm boʻlishini taʼminlaydi. Yogʻlarni emulsiya holiga keltiradi, ichak lipazasini (meʼda osti bezi va ichak bezlarida ishlanadigan fermentni) faollashtiradi, yogʻ kislotalarning soʻrilishiga yordam beradi, ichak peristaltikasini oshiradi. Oʻt kislotalarning umumiy miqdori qonda oʻrtacha 0,8 mg%, jigar oʻtida — 0,9— 1,8%, oʻt pufagi oʻtida — 5,7 — 10,8%. Qonda Oʻt kislotalar koʻpayib ketganda, siydik bilan chiqib ketadi, kamayishi esa qator oʻzgarishlarga, jumladan, oʻt toshi hosil boʻlishi va boshqalar ga sabab boʻladi.

Inson kislotalari




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.